Kolumbiyaning Avianca aviakompaniyasiga tegishli samolyot AQShga parvoz qilayotgan vaqtda kuchli turbulentlikka duch kelishi oqibatida sakkiz kishi jabrlandi. Bu haqda CBS News telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Kolumbiyaning Medelin shahridan AQShning Nyu-York shahriga yo‘l olgan.
Biroq parvoz vaqtida yuzaga kelgan kuchli turbulentlik sabab havo kemasi Mayami shahrida majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.
Samolyot qo‘nganidan so‘ng sakkiz nafar yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan.
Hozircha jabrlanganlar qanday jarohat olgani va ularning ahvoli qay darajada og‘ir ekani haqida ma’lumot berilmagan.