Tennessi shtatida muvaffaqiyatsiz qatl urinishidan omon qolgan amerikalik Krista Payk hozirda hushidan ketgan va sun’iy nafas olish apparatida. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
"Krista og‘ir ahvolda va qatlning dahshatli oqibatlaridan so‘ng tibbiy yordam olmoqda. U hushidan ketgan, intubasiya qilingan va sun’iy nafas olish apparati orqali nafas olishda yordam olmoqda", deb xabar berishdi uning advokatlari bayonotida.
Payk o‘limga olib keladigan in’eksiyalarning oqibatlari, jumladan, ikkala qo‘liga ham yetkazilgan zarar uchun davolanmoqda. Advokatlarning ta’kidlashicha, prosedura davomida u qo‘li "portlash arafasida" ekanligidan shikoyat qilgan.
1 oktyabr kuni avvalroq, 1995 yilda o‘rtog‘ini o‘ldirganlikda ayblangan 50 yoshli Krista Payk ikkita o‘limga olib keladigan in’eksiyadan omon qolgani haqida xabar berilgan edi.