AQShda Kongressga oraliq saylovlar arafasida fuqarolarning siyosiy faolligi yuqori bo‘lmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muddatidan oldin ovoz berganlar soni qariyb 50 million nafarga yetgan.
Qayd etilishicha, 27,4 million amerikalik saylov uchastkalariga shaxsan borib, o‘z tanlovini amalga oshirgan. Yana 22,4 million fuqaro ovozini pochta orqali yuborgan.
Shu tariqa, muddatidan oldin ovoz berish jarayonida jami 49,8 millionga yaqin byulleten qabul qilingan.
Sentyabr oyi oxiridagi ma’lumotlarda AQSh bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilar soni 210 million nafar ekani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Kongressiga oraliq saylovlar 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Unda Vakillar palatasining barcha 435 ta o‘rni hamda Senatdagi o‘rinlarning bir qismi uchun ovoz beriladi.