Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQShda otib o‘ldirilgan Charli Kirkning yodgorligi tahqirlandi

AQShda otib o‘ldirilgan Charli Kirkning yodgorligi tahqirlandi

Finiks polisiyasi (Arizona, AQSh) shu hafta Yuta shtatida otib o‘ldirilgan o‘ng qanot faol Charli Kirkning vaqtinchalik yodgorligini buzishga uringan 19 yoshli Rayder Korralni hibsga oldi.

Bu haqda mahalliy KOLD telekanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Kirk asos solgan "Turning Point" tashkiloti shtab-kvartirasi yaqinida joylashgan yodgorlikni buzishga uringan. Korral voqea joyiga yaqin bo‘lgan shaxslar tomonidan qo‘lga olingan va keyinchalik huquq-tartibot idoralariga topshirilgan.

Telekanalning xabar berishicha, hibsda saqlanayotgan jinoyatchiga bir qancha moddalar, jumladan, mulkka zarar yetkazish va jamoat tartibini buzish bo‘yicha ayblov qo‘yiladi.

Kiritildi: 09:15 15.09.2025. O'qildi: 985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!