Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AQShda odamlar an’anaviy OAVga ishonmay qo‘ydi

AQShda odamlar an’anaviy OAVga ishonmay qo‘ydi

Tramp inaugurasiyasidan so‘ng har beshinchi amerikalik yangiliklarni televideniye yoki xabar saytlaridan emas, balki podkastlar orqali olgan. II va ijtimoiy tarmoqlar asosiy axborot manbaiga aylanmoqda.

Reuters Institute'ning yangi hisobotiga ko‘ra, AQSh foydalanuvchilari yangiliklarni an’anaviy ommaviy axborot vositalari (gazeta, televideniye, sayt) o‘rniga ijtimoiy tarmoqlar, videoplatformalar va podkastlardan olishni afzal ko‘rmoqda.

Tarixda ilk bor amerikaliklar yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar va videoservislar orqali ko‘proq olganini qayd etgan. Ayniqsa, bu holat yoshlar orasida kuzatilmoqda: 35 yoshgacha bo‘lganlarining yarmidan ko‘pi ijtimoiy tarmoqlarni asosiy axborot manbasi deb hisoblaydi.

Yanvardagi inaugurasiyadan keyin 100 ming kishini qamrab olgan so‘rov natijasiga ko‘ra:

  • Har beshinchi amerikalik Jo Rogan podkasti orqali yangilik olgan;

  • 14% — Taker Karlson kontentini ko‘rgan;

  • Shuningdek, Kendis Ouens, Ben Shapiro, Devid Pakman va Brayan Tayler Koen kabi siyosiy blogerlar ham ommalashgan.

Shu bilan birga, aynan inflyuyenserlar va siyosatchilar AQShda dezinformasiya tarqatuvchi asosiy manbalardan deb hisoblanmoqda. Amerikaliklarning 70%dan ortig‘i yangiliklarda rost va yolg‘onni farqlashga ishonmasligini bildirgan.

II ham ortib borayotgan rol o‘ynamoqda:
25 yoshgacha bo‘lgan respondentlarning 15% har hafta ChatGPT, Google Gemini yoki Meta AI kabi II-botlar orqali yangilik olishini aytgan.

Tradision OAVga ishonch pasaymoqda, ularning auditoriyasi qarib bormoqda, yoshlar esa YouTube, X (sobiq Twitter) va podkastlar tomon og‘moqda.

Kiritildi: 14:26 19.06.2025. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!