AQShda neft zaxiralari Eron bilan nizo fonida 2004 yildan beri eng past darajaga tushib ketdi — Financial Times.
Nashrning yozishicha, bir hafta ichida zaxiralar 10,6 million barrelga qisqarib, 1,57 milliard barrelga yetgan. Ekspertlar neft narxi keskin ko‘tarilishi va salbiy ssenariyda bir barrel uchun 200 dollarga yetishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Shu bilan bir vaqtda, AQSh neftining eksporti sutkasiga 5,8 million barrelgacha oshdi, deyiladi xabarda.