Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQShda kutilmagan iste’fo: yuqori martabali general lavozimidan chetlatildi

AQShda kutilmagan iste’fo: yuqori martabali general lavozimidan chetlatildi

AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Pentagonning asosiy harbiy rejalashtiruvchisi, general-leytenant Brett Silviyani lavozimidan ozod etdi.

The Atlantic nashrining manbalariga ko‘ra, AQSh Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining strategik rejalashtirish boshqarmasiga rahbarlik qilgan generalning ishdan bo‘shatilishiga rasmiy izoh berilmagan. Uning ma’lumotlari qo‘mita saytidan o‘chirilgan, o‘rniga esa hozircha yangi rahbar tayinlanmagan.

Manbalar iste’foga Hegsetning generalga nisbatan «ishonchini yo‘qotishi» hamda Pentagonning siyosiy masalalar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari Elbrij Kolbi bilan kelishmovchiliklar sabab bo‘lganini bildirmoqda.

Ushbu qaror AQSh Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan bir paytda qabul qilindi.

Kiritildi: 14:21 29.10.2026. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!