Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

AQShda grin-karta olish bo‘yicha yangi qoidalar yirik biznes vakillari tomonidan keskin tanqid qilindi

AQShda grin-karta olish bo‘yicha yangi qoidalar yirik biznes vakillari tomonidan keskin tanqid qilindi

AQShda grin-karta olish bo‘yicha yangi qoidalar yirik biznes vakillari tomonidan keskin tanqid qilindi – Financial Times.

Yangi qoidalarga ko‘ra, grin-kartaga da’vogarlik qilayotgan chet elliklar arizani ilgarigidek mamlakat ichidan turib emas, balki o‘z yurtiga qaytib, o‘sha yerdan topshirishlari kerak bo‘ladi. Nashr bu borada amerikalik yirik tadbirkorlarning fikrlarini keltirgan.

Xususan, "LinkedIn" ish qidirish ijtimoiy tarmog‘i hammuassisi Rid Hoffman bu qoida ham mamlakatga, ham texnologiyalar rivojiga zarar yetkazishini aytdi.

"Bu sun’iy intellekt sohasida ishlayotgan tadqiqotchilar, xodimlar va talabalar o‘z ishlarini davom ettirish uchun endi mamlakatni tark etishi va arizalari ko‘rib chiqilishini kutishi kerakligini anglatadimi?", — deb so‘ragan Hoffman.

Ushbu tashabbusni taniqli venchur investori Nik Davidov ham tanqid qildi.

"Bu Milliy xavfsizlik vazirligi tomonidan o‘z tarixida qilingan eng katta ahmoqlik bo‘ldi. Agar alohida davlatlar misolida qarasak, bu yanada kattaroq bema’nilikka aylanadi. Hindistonliklar o‘nlab yillar kutishlariga to‘g‘ri keladi. Rossiyaliklarning esa boradigan joyining o‘zi yo‘q", — dedi Davidov.

Kiritildi: Bugun 19:45. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!