Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda Demokratik partiyaning reytingi rekord darajada pasayib ketdi — CNN

 AQShda Demokratik partiyaning reytingi rekord darajada pasayib ketdi — CNN

Telekanal tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, Demokratik partiyani qo‘llab-quvvatlash reytingi hozir bor-yo‘g‘i 29 foizni tashkil etgan, bu 1992 yildan beri CNN so‘rovnomalarida qayd etilgan eng past ko‘rsatkich. Bundan tashqari, bu Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddatini yakunlagan 2021 yil yanvar oyidagi natijadan 20 foizga past.

Respublikachilar partiyasining ham reytingi unchalik yuqori emas — 36 foiz. Ammo partiyaning o‘z tarafdorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanish darajasi yuqoriroq — 79 foiz, demokratlarda esa ushbu ko‘rsatkich 63 foizni tashkil etadi.

AQSh aholisining taxminan yarmi ham Demokratik, ham Respublikachilar partiyalarini “haddan tashqari radikal siyosiy qarashlarga ega” deb hisoblaydi.

Kiritildi: 18:45 17.03.2025. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!