AQSh Adliya vazirligi 48 nafar xorijlik fuqaroga saylov qonunchiligini buzish bo‘yicha ayblov qo‘yilganini ma’lum qildi.
Ularning 10 nafari Meksika, to‘rt nafari Kuba va yana to‘rt nafari Kanada fuqarolaridir. Shuningdek, Polsha, Hindiston, Irlandiya, Germaniya, Isroil, Niderlandiya va boshqa davlatlar fuqarolariga ham ayblovlar qo‘yilgan.