AQSh va Eron o‘rtasidagi qurolli mojaroni tugatish bo‘yicha yakuniy kelishuvlar Yaqin Sharqdagi Amerika qo‘shinlari sonini qisqartirishni o‘z ichiga olishi mumkin.
Bu haqda AQSh ma’muriyatining yuqori lavozimli amaldori tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi marosimida aytib o‘tildi.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Tehron o‘rtasidagi keyingi 60 kunlik muzokaralar davrida AQSh eskalasiya sharoitida mintaqaga joylashtirilgan qo‘shimcha kuchlar va aktivlarni olib chiqmaydi.
Ma’muriyat amaldori shuningdek, Vashington Tehrondan o‘z majburiyatlarini bajarishini kutayotganini ta’kidladi.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar faqat Eron yon berishlar qilgan taqdirdagina, jumladan, yadroviy dasturining ayrim qismlaridan voz kechgan taqdirdagina mumkin.
Avval xabar qilinganidek, vositachi sifatida ishlayotgan AQSH, Eron va Pokiston Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarga chek qo‘yishga qaratilgan kelishuvni tasdiqladilar. Hujjat 19 iyun kuni Jenevada imzolanishi kutilmoqda.