Tramp ma’muriyati quyosh panellari va yarimo‘tkazgich chiplar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan muhim xomashyo — polisilikondan tayyorlangan mahsulotlar importiga 15 foizlik boj joriy qilishini ma’lum qildi.
Yangi chora AQShning Xitoyning strategik sanoat tarmoqlariga qaramligini kamaytirish va ichki ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari chiplar va quyosh panellari ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan polisilikonning jahondagi ishlab chiqarish hajmining qariyb 96 foizini nazorat qiladi.
Yarimo‘tkazgichlar sanoati assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, quyosh energetikasi sanoati polisilikonning asosiy iste’molchisi hisoblanadi. Yarimo‘tkazgich chiplari esa 2025 yildagi umumiy polisilikon iste’molining taxminan 2,4 foizini tashkil etgan.
AQSh ma’muriyati polisilikon importiga boj bilan bir qatorda minimal narx talabini ham joriy etishini bildirgan. Bu choralar Xitoy mahsulotlarining AQSh bozoridagi raqobat ustunligini cheklashga qaratilgan.