AQSh Moliya vazirligi Eron va Xitoydan olti nafar jismoniy va oltita yuridik shaxsga qarshi sanksiyalar e’lon qildi. Sanksiyalar Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi manfaatlarini ko‘zlab ballistik raketalar uchun materiallar yetkazib berishda ishtirok etgani uchun kiritildi.
Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi bayonotida aytilishicha, sanksiyalar nishoniga olingan jismoniy va yuridik shaxslar "IRGC uchun ballistik raketa yoqilg‘isi komponentlarini sotib olgan tarmoqda asosiy rol o‘ynagan".
AQSh moliya vaziri Skott Bescent “Eronning raketa va boshqa qurollarni agressiv ravishda ishlab chiqishi AQSh va uning ittifoqchilari xavfsizligiga tahdid solayotganini” ta’kidladi.
Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi AQSh Moliya vazirligining moliyaviy razvedka ishlarini olib boradigan va AQSh milliy xavfsizligi va tashqi siyosati maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash uchun iqtisodiy va savdo sanksiyalarini rejalashtiruvchi va amalga oshiradigan bo‘limidir.