Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Venesuela qirg‘oqlari yaqinida 10 kun ichida ikkinchi neft tankerini qo‘lga oldi — Reuters

AQSh Venesuela qirg‘oqlari yaqinida 10 kun ichida ikkinchi neft tankerini qo‘lga oldi — Reuters

"Venesuela qirg‘oqlari yaqinidagi xalqaro suvlarda neft tashuvchi kema ushlandi. Ushbu amaliyotga AQSh Sohilni qo‘riqlash xizmati boshchilik qildi. Kemaning nomi, bayrog‘i va egasi rasman oshkor etilmagan", deya xabar bermoqda yozmoqda agentlik.

Tankerning qo‘lga olinishi AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaga borayotgan va undan chiqayotgan sanksiyalar ostidagi barcha neft tankerlariga nisbatan “to‘liq va mutlaq qamal” e’lon qilganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. Bu so‘nggi haftalarda AQSh tomonidan Venesuela sohillari yaqinida tankerning ushlab qolinishi bilan bog‘liq ikkinchi holat bo‘lib, mintaqada AQSh harbiy ishtirokining kuchayishi fonida yuz bermoqda.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi kema qo‘lga olinganidan so‘ng Venesuela suvlarida amalda embargo o‘rnatilgan: millionlab barrel neft ortilgan kemalar ushlab qolinishdan qo‘rqib, mamlakat qirg‘oqlari yaqinida qolib ketmoqda. O‘shandan beri Venesuela xom nefti eksporti keskin kamaygan.

Tahlilchilarning ogohlantirishicha, agar blokada saqlanib qolsa, bozor kuniga 1 million barrelgacha neftni yo‘qotishi mumkin, bu esa dunyo bizorida narxlarining oshishiga olib kelishi ehtimoli bor.

Kiritildi: Bugun 16:23. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!