Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh va Yaponiya BMT Xavfsizlik Kengashiga kosmosda yadro qurolini taqiqlash haqida eslatdi - Reuters

A A A
AQSh va Yaponiya BMT Xavfsizlik Kengashiga kosmosda yadro qurolini taqiqlash haqida eslatdi - Reuters

AQSh va Yaponiya BMT Xavfsizlik Kengashiga dunyo davlatlari koinotda yadro qurolini joylashtirishni taqiqlovchi shartnomaga rioya qilishlari kerakligini ta’kidlagan rezolyusiyani taklif qildi. Bu xabar Rossiyaga qaratilgan ko‘rinadi, deya xabar beradi Reuters hujjatga tayanib.

Vashingtonning fikricha, Moskva koinotga asoslangan sun’iy yo‘ldoshga qarshi yadroviy qurollarni ishlab chiqmoqda, ulardan foydalanish harbiy aloqalardan tortib telefon aloqalarigacha bo‘lgan barcha aloqalarda tartibsizlik va uzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi agentlik masaladan xabardor manba.

Reuters agentligining eslatishicha, Rossiya 1967 yildagi Koinot shartnomasining ishtirokchisi bo‘lib, u «yadro quroli yoki boshqa ommaviy qirg‘in qurollari bo‘lgan har qanday ob’ektni Yer orbitasiga joylashtirishni» taqiqlaydi.

Kiritildi: 21:32 19.03.2024. O'qildi: 1198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!