Qo‘shma Shtatlar Bahrayn va uning Fors ko‘rfazi ittifoqchilari bilan birgalikda Eronni Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat uchun javobgarlikka tortishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasini ishlab chiqadi.
Bu haqda AQShning BMTdagi elchisi Mayk Uolts ma’lum qildi.
"Qaror loyihasida Erondan bo‘g‘ozda dengiz minalarini qo‘yishni to‘xtatish, o‘tish uchun to‘lovlarni bekor qilish va allaqachon o‘rnatilgan portlovchi qurilmalar soni va joylashuvini oshkor qilish talab qilinadi", deyiladi bayonotda.
Uoltsning so‘zlariga ko‘ra, rezolyusiya loyihasi "torroq yo‘nalishga" ega va Eron bilan mavjud sulh sharoitida xalqaro savdoga, xususan, Osiyo iqtisodiyotiga tahdidlarga qaratilgan.