Qo‘shma Shtatlar Shvesiyani NATOning namunali ittifoqchisi deb hisoblaydi va Vashington kelgusi yillarda bu mamlakat bilan yanada ko‘proq ishlashni rejalashtirmoqda, dedi AQSh Davlat kotibi Marko Rubio.
"NATO kontekstida bu — namunali ittifoqchi, shuningdek, biz uzoq vaqt davomida NATO doirasidan tashqarida ham juda yaqin hamkorlik qilib kelayotgan mamlakat", — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Rubio Vashington kelgusi yillarda Stokgolm bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.