Politico nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, ushbu uchrashuv 20–21 dekabr kunlari Mayamida o‘tkaziladi va unda Ukrainadagi urushni to‘xtatish masalasi muhokama qilinadi.
"Muzokaralarda Rossiya tomonidan Vladimir Putinning maxsus vakili Kirill Dmitriyev, AQSh nomidan esa Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushner qatnashadi. Rossiya tomoniga amerikaliklar avvalroq Ukraina tomoni bilan muhokama qilgan reja taqdim etiladi", deya yozmoqda Politico.
Hozircha Oq uy muzokaralar o‘tkazilishi haqidagi xabarga rasman izoh bermadi.