Eron va AQSh hukumatlari o‘t ochishni to‘xtatish rejimini yana 60 kunga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda RIA Novosti Al Arabiya telekanali bayonotiga tayanib xabar berdi.
"AQSh va Eron o‘rtasidagi 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi", — deyiladi xabarda.
Hozircha kelishuvning qo‘shimcha shartlari va yangi 60 kunlik muddat qachondan kuchga kirishi haqida batafsil ma’lumot berilmagan.