AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik yaqin vaqt ichida muayyan yechim topishi mumkin. Bu haqda Amerika prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
Oq uy rahbari Vashington va Tehron o‘rtasida ayni paytda muzokaralar davom etayotgani haqidagi savolga salbiy javob berdi.
«Menimcha, hozir biz ular bilan muzokara olib bormayapmiz», — dedi Tramp.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti Eron bilan bog‘liq vaziyat uzoqqa cho‘zilmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada mojaro u yoki bu tarzda o‘z yechimini topishi mumkin.
Biroq Tramp vaziyat qanday yo‘l bilan hal qilinishiga aniqlik kiritmadi.