AQSh va Eron o‘rtasida juma kuniga rejalashtirilgan muzokaralar bekor qilindi. Bu haqda Axios xabar berdi.
Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, Vashington Tehronning uchrashuv formati va o‘tkaziladigan joyni o‘zgartirish haqidagi talablarini rad etdi.
Axios ma’lumotiga ko‘ra, Eron uchrashuvni Turkiyadan Ummon davlatiga ko‘chirish va uni ikki tomonlama formatda o‘tkazishni taklif qilgan, biroq bu tashabbus qabul qilinmagan.
"Biz ularga: muzokaralar yo shu tarzda, yo umuman bo‘lmaydi, dedik. Ular esa: “Yaxshi, unda umuman bo‘lmaydi”, deb javob berishdi", — dedi Qo‘shma Shtatlarning yuqori martabali rasmiysi.