Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh va ASEAN davlatlari ilk bor birgalikda harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadi

AQSh va ASEAN davlatlari ilk bor birgalikda harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadi

AQSh va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assosiasiyasi davlatlari harbiy-dengiz kuchlarining hamkorlikdagi ilk mashg‘ulotlari 2-6 sentyabr kunlari Tailandning Sattaxip portidan Vyetnamning Kamau provinsiyasi sohiligacha bo‘lgan hududda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tailand harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi bayonotida ma’lum qilindi.

Mashg‘ulotlarda 8ta suvusti kemasi va dengiz aviasiyasining 2ta samolyoti qatnashadi, deyiladi bayonotda. 

Ma’lum qilinishicha, mashg‘ulotlar vaqtida turli davlatlar dengizchilarining dengiz xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha operasiya o‘tkazishdagi hamkorligi mashq qilinadi.  

AQSh va ASEAN davlatlarining hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlariga Tailand kontr-admirali Sompxong Naktxong va AQSh Yettinchi flotining esmineslar eskadrasi komandiri kapitan Mett Jerbi rahbarlik qiladi.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 21:15 24.08.2019. O'qildi: 1474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!