Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Uchtepada “plandan oshib ketgan” ko‘p qavatli uy qurilishi to‘xtatildi

Uchtepada “plandan oshib ketgan” ko‘p qavatli uy qurilishi to‘xtatildi

Toshkentning Uchtepa tumanida “Great Vertex” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uy faoliyati to‘xtatildi. Bunga loyiha hujjatlariga zid ravishda qavatlar soni oshirilgani sabab bo‘lgan.

Qurilish avtoturargoh o‘rnida amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu yerda zamonaviy turar joy va avtoturargoh barpo etilishi kerak edi. Ammo 2025 yil 28 fevralda qavatlarni ko‘paytirish bo‘yicha berilgan ariza rad etilganiga qaramay, ishlar davom etgan.

Qurilish sohasidagi inspeksiya 13 marta tekshiruv o‘tkazib, qonunbuzarlikni tasdiqladi. Mas’ul shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Hozirda qurilish to‘liq to‘xtatilgan. Kamchiliklar bartaraf etilmaguncha, ob’ektda ishlar qayta boshlanmaydi.

Kiritildi: 13:08 13.07.2025. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!