Putinning intervyusidan parcha “Rossiya 1” telekanali jurnalisti Pavel Zarubinning Telegram kanalida e’lon qilindi.
Rossiyaning g‘arbiy hamkorlari “aslida hamkor emasligi” qachon aniq bo‘lgani haqidagi savolga javob berar ekan, Rossiya rahbari bu 2000 yillarning boshidan ma’lum bo‘lganini ta’kidladi.
“O‘shanda ko‘pchilik Sovet Ittifoqi va G‘arb deb atalmish davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda mafkuraviy tafovutlarga asoslangan muammolar bor, deb taxmin qilgandi. Bir tomondan kommunistik rejim, boshqa tomondan esa AQSh boshchiligidagi demokratik dunyo”, - dedi Putin.
Biroq, SSSR parchalanganidan keyin ham, kommunistik rejim yo‘q bo‘lganida ham, G‘arbning Rossiyaning strategik manfaatlariga beparvo munosabati saqlanib qoldi, deya ta’kidladi u.