Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Ukrainaga Rossiyaning ichki hududlariga zarbalar uchun razvedka ma’lumotlarini berishga tayyor

 AQSh Ukrainaga Rossiyaning ichki hududlariga zarbalar uchun razvedka ma’lumotlarini berishga tayyor

AQSh Ukrainaga Rossiyaning ichki hududlariga zarbalar uchun razvedka ma’lumotlarini berishga tayyor — The Wall Street Journal .

Nashr manbalariga ko‘ra, gap Rossiyaning energetika infratuzilmasiga tegishli nishonlar haqida ketmoqda.

"Vashington NATO'dagi ittifoqchilaridan ham Ukrainaga xuddi shunday yordam ko‘rsatishni so‘ragan. Bu Kiyevning Moskvani neft va gaz savdosi orqali olinayotgan daromadlardan mahrum qilish maqsadida neftni qayta ishlash zavodlari, quvurlar, elektr stansiyalari va energetika infratuzilmalariga zarba berishini osonlashtiradi", deya yozmoqda nashr.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa davlatlarini Rossiya neftini xarid qilishni butunlay to‘xtatishga chaqirib, bu o‘z ma’muriyatining Rossiyaga nisbatan yanada qattiqroq sanksiyalar qo‘llashi uchun asosiy shart ekanini bildirgan edi.

"Vashington shuningdek, Kiyevga 800 km gacha uchish qobiliyatiga ega Tomahawk va Barracuda raketalarini jo‘natish haqida ham o‘ylamoqda", deyiladi WSJ xabarida.

Kiritildi: 16:43 02.10.2025. O'qildi: 639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!