Kelshuv raketa tizimlari uchun turli butlovchi qismlarni yetkazib berish, ularni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, muhandislik, texnik va logistika xizmatlarini ko‘zda tutadi.
Koloradoda joylashgan Sierra Nevada Corporation kompaniyasi loyiha bo‘yicha asosiy pudratchi sifatida ishtirok etadi.
Uskunalar qachon yetkazib berilishi aniqlashtirilmagan.
Davlat departamentining qayd etishicha, ushbu kelishuv AQSh qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.