Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Ukraina uchun yangi tinchlik rejasini tayyorladi

AQSh Ukraina uchun yangi tinchlik rejasini tayyorladi

Bu haqda The Economist nashri yozmoqda.

2026 yil 13 oktyabrda Washington Post jurnalisti Devid Ignatius AQSh va Yevropa davlatlari Ukrainadagi mojaroni hal qilish rejasini birgalikda ishlab chiqayotgani haqida xabar berdi. Uning asosiy bandlari sifatida Jahon banki yordamida Ukrainani urushdan keyingi tiklash, Kiyevga xavfsizlik kafolatlari, Yevropa Ittifoqi va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy yaqinlashuv va neft va gaz yetkazib berishni qayta tiklash, mavjud chiziqda mojaroni muzlatish va Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi hududlarni tan olishini qayd etdi.

Ukraina prezidenti maslahatchisi Dmitriy Litvinning aytishicha, WP’da tasvirlangan reja Floridadagi Ukraina delegasiyasi bilan uchrashuvda aytilgan Amerika taklifi hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar bunga rozi bo‘lmagan. Vashingtonda Ignatiusning materialiga izoh berilmadi, Kreml esa bu haqda faqat Washington Post gazetasida e’lon qilingan maqola orqali bilishini ma’lum qildi.

- Ukraina NATOdan voz kechmoqda va Donbassda qurolsizlantirilgan zona yaratilmoqda. Buning evaziga Ukrainaga investisiyalar va Yevropa Ittifoqiga a’zolik va’da qilinmoqda;

- Rossiya sanksiyalardan ozod qilinmoqda, AQSh bilan kelishuvlar tuzilmoqda va G‘arb bilan munosabatlar tiklanmoqda;

- Shuningdek, Rossiya gazini Yevropaga qaytarish va Shimoliy oqimni qayta ishga tushirish taklif qilinmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:41. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!