AQSh Ukrainaga harbiy ta’minot yetkazib beruvchi asosiy markaz bo‘lgan Polshaning Yasenki shahridan qo‘shin va texnikasini olib chiqishini e’lon qildi.
Polshaning Ukraina bilan chegarasidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan Yasenkidagi vaqtinchalik bazasidagi shaxsiy tarkib va texnikaning qayta joylashtirilishi haqida Qo‘shma Shtatlarning Yevropa va Afrikadagi qo‘mondoni general Kristofer Donahyu ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, bu qaror byudjetni tejash bilan bog‘liq, chunki Polshada kapital ob’ektlar yaratilgan bo‘lib, ularga katta investisiyalar kiritilgan. Shu bilan birga, Yasenkidagi bazadan Polsha harbiylari va NATO kuchlari foydalanishda davom etadi.
"Yasenki orqali Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar Polsha va NATO boshchiligida davom etadi, bunda ishtirok etuvchi AQSh harbiylari soni kamayadi", — deya qo‘shimcha qildi general Donahyu.
Ma’lumot uchun, Yasenkidagi baza 2022 yilda Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin tashkil etilgan bo‘lib, mazkur baza orqali orqali Ukrainaga harbiy yordam yuboriladi.