Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Ukraina bo‘yicha Rossiya va YEI ishtirokida yangi muzokaralar formatini taklif qildi

AQSh Ukraina bo‘yicha Rossiya va YEI ishtirokida yangi muzokaralar formatini taklif qildi

AQSh Ukrainadagi urush masalasida barcha asosiy tomonlar ishtirok etadigan yangi tinchlik muzokaralari formatini taklif qildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev qarorni AQSh vakillari bilan yaqinda qayta boshlangan ikki tomonlama muzokaralar natija beradimi-yo‘qmi, shu aniq bo‘lgandan so‘ng qabul qiladi.

«Ular, men tushunganimga ko‘ra, quyidagi formatni taklif qilishdi: Ukraina, Amerika, Rossiya va u yerda Yevropa vakillari ham bor ekan, ehtimol Yevropa ham», — dedi Ukraina prezidenti.

Hozircha bunday format qachon va qay tarzda ishga tushishi noma’lum. Kiyevda ta’kidlanishicha, ular real natijalarga qarab ish tutadi.

Kiritildi: Bugun 17:08. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!