Respublikachilar Trampning tug‘ilgan kunini federal bayram sifatida e’tirof etishni taklif qilmoqda. Respublikachilar partiyasidan saylangan kongressmenlar prezident Trampga sodiqliklarini amalda isbotlashga shoshilmoqda.
AQSh Kongressi Vakillar palatasining a’zosi Klaudiya Tenni, hamkasbi Eddison MakdauEll tomonidan taqdim etilgan Dalles xalqaro aEroportiga prezident Donald Tramp nomini berish to‘g‘risidagi qonun loyihasidan orqada qolmaslik uchun, Donald Trampning tug‘ilgan kuni munosabati bilan yangi davlat bayramini joriy etishni taklif qildi. Qonun loyihasi AQSh Kongressining rasmiy veb-saytida HR 1395 raqami ostida ro‘yxatga olingan.
Tennining taklifiga ko‘ra, AQSh bayrog‘i kuni - 14 iyunda nishonlanadigan va Trampning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keladigan sana - "Prezident Donald Tramp va bayroq tug‘ilgan kun" deb atalishi kerak.
U o‘z tashabbusini "AQShning zamonaviy tarixi uchun hech bir prezident Donald Trampdan muhimroq bo‘lmagani" bilan izohladi. Shu bilan birga, u Trampni Vashington bilan taqqoslab, AQShda boshqa prezident - Jorj Vashington sharafiga allaqachon federal bayram mavjudligini eslatib o‘tdi (Vashingtonning tug‘ilgan kuni ko‘pincha Prezidentlar kuni deb yuritiladi).
«Trampning tug‘ilgan kuni va bayroq kunini federal bayram sifatida belgilash orqali biz Prezident Trampning Amerika buyukligiga qo‘shgan hissasi va Amerika bayrog‘ining ahamiyati qonunda abadiy mustahkamlanishini ta’minlashimiz mumkin», dedi u.