Qo‘shma Shtatlar Turkmaniston tabiiy gazining transkaspiy yo‘nalishlari bo‘ylab eksportini diversifikasiya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu haqda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov o‘rtasidagi Vashingtondagi uchrashuvdan keyingi bayonotda aytilgan.
Rubio Meredovga "so‘nggi savdo bitimlari bo‘yicha erishilgan yutuqlar" uchun minnatdorchilik bildirdi. Tomonlar energetika, xavfsizlik va savdo sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llarini muhokama qilishdi.
"Davlat kotibi Turkmanistonning transkaspiy yo‘nalishlari bo‘ylab tabiiy gaz eksportini diversifikasiya qilishni AQShning qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi", deyiladi bayonotda.