Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Turkiyaga qiruvchi samolyot berishi mumkin

AQSh Turkiyaga qiruvchi samolyot berishi mumkin

Bir necha yil avval AQSh Kongressi Anqara Rossiyadan S-400 tizimi sotib olgani bois Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlari yetkazib berishni to‘xtatgan edi. Endi ushbu masala qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu ma’lumotni Turkiye” gazetasi Amerika parlamenti tadqiqot xizmati hisobotiga tayanib keltirgan.

2017 yil Turkiya RF bilan zamonaviy polk to‘plami xaridi bo‘yicha shartnoma imzolagan. O‘z navbatida Vashington Anqaradan o‘zining Patriot raketasi foydasiga Rossiya havo mudofaasi tizimidan voz kechishni so‘radi, ammo qardoshlarimiz butaklifga rozi bo‘lmadi. Javoban F-35 dasturidan chiqarib yuborilgan Turkiya, qo‘shimchasiga, CAATSA (Amerikaning raqiblarga qarshi sanksiya yo‘li bilan kurashish to‘g‘risidagi qonuni) doirasida mudofaa sanoati rahbarlariga nisbatan qo‘llangan sanksiyaga ham duchor bo‘ldi.

Shu tariqa memorandum Turkiyaga nisbatan bekor qilinib, mazkur uchoq loyihasi bo‘yicha hujjat qolgan yettita hamkor – Buyuk Britaniya, Italiya, Niderlandiya, Avstraliya, Daniya, Kanada va Norvegiya bilan amal qilmoqda.

– Yaqinda AQSh Kongressi tadqiqot xizmati F-35 bo‘yicha yangi hisobot tayyorladi, – deyiladi nashr tarqatgan xabarda. – Mazkur hujjatda Turkiya dasturning Buyuk Britaniya va Kanada kabi asosiy sakkiz hamkoridan biri ekani ta’kidlangan.

Kiritildi: 17:13 12.02.2025. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!