Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh transport vaziri mamlakat bo‘ylab aviaqatnovlar to‘xtagani uchun uzr so‘rashdan bosh tortdi

AQSh transport vaziri mamlakat bo‘ylab aviaqatnovlar to‘xtagani uchun uzr so‘rashdan bosh tortdi

AQSh transport vaziri Shon Daffi mamlakat miqyosida aviaqatnovlarning vaqtincha to‘xtatilishiga olib kelgan xatolar uchun uzr so‘rash niyatida emasligini bildirdi.

The Washington Post nashrining xabar berishicha, vazir o‘z pozisiyasini izohlar ekan, Federal aviasiya boshqarmasidagi ishlarni tezkorlik bilan olib borayotganini ta’kidladi.

"Bir masalaga oydinlik kiritish kerak: men so‘nggi o‘n yilliklarda Federal aviasiya boshqarmasida hech kim ishlamagan darajada misli ko‘rilmagan tezlikda harakat qilyapman.

Bizga qanday tizim topshirilgan bo‘lsa, shuning uchun uzr so‘ray olmayman", — dedi Daffi.

Shuningdek, AQSh transport vaziri havo harakatini boshqarish tizimini modernizasiya qilishga yetarli darajada sarmoya kiritilmaganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 03:20. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik