AQSh terma jamoasining argentinalik ustozi Maurisio Pochettino Amerika prezidenti Donald Trampni AQSh terma jamoasi "Jahon chempionatida g‘olib chiqishga qodir" ekaniga ishontirdi.
"U mendan Jahon chempionatida g‘olib chiqa olamizmi, deb so‘radi. Men unga: "Ha, albatta", deb javob berdim. Chunki biz Amerika Qo‘shma Shtatlaridamiz", — deya Pochettinoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, Londonning "Tottenxem" va "PSJ" klublari sobiq murabbiyi terma jamoani 2024 yilda qabul qilib olgan edi. Hozircha uning hisobida jamoa bilan qo‘lga kiritilgan sovrinlar yo‘q, biroq u AQSh bilan 18 ta o‘yinda o‘nta g‘alabaga erishdi, shu bilan birga yetti bor mag‘lubiyatga uchradi.