Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh talabalar va jurnalistlar uchun viza rejimiga o‘zgartirishlar kiritadi

AQSh talabalar va jurnalistlar uchun viza rejimiga o‘zgartirishlar kiritadi

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti xalqaro talabalar, madaniy almashinuv dasturlari ishtirokchilari va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun viza rejimiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi.

Bu haqda AQSh Federal reestrida chop etilgan xabarnomada ma’lum qilindi.

Hujjatga ko‘ra, qolish muddati o‘qish, almashinuv dasturlari yoki media kompaniyasining AQSh ofisida ishlash muddatiga bog‘liq bo‘lgan amaldagi tizim o‘rniga, ushbu toifadagi xorijiy fuqarolar uchun vizaning amal qilish muddati belgilanadi.

Ichki xavfsizlik departamenti qabul qilingan qoida AQSh Kongressi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerakligini, shundan so‘ng kuchga kirish sanasi aniqlanishini ta’kidladi.

Kiritildi: 08:51 17.07.2026. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!