Teleradiokanal ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon Jo Bayden ma’muriyati tomonidan 2022 yilda Ukraina bilan chegaradosh davlatlar mudofaasini mustahkamlash maqsadida yuborilgan harbiy kuchlarning bir qismini chaqirib olish imkoniyatini muhokama qilmoqda. O‘sha vaqtda Polsha va Ruminiyaga 20 ming amerikalik harbiy joylashtirilgan edi.
"Agar Vashington bu kuchlarning bir qismini chindan ham olib chiqsa, Qo‘shma Shtatlar Yevropadagi o‘z ittifoqchilarini Rossiyaning kuchayib borayotgan tahdidi qarshisida yolg‘iz qoldirishi mumkin degan xavotirlar kuchayadi", — deya munosabat bildirdi yevropalik rasmiylardan biri.
Pentagon NBC News jurnalistlarining mazkur xabarga izoh berish so‘rovini javobsiz qoldirgan.