AQSh Senati Venesuelaga qarshi harbiy harakatlarni taqiqlovchi rezolyusiyani blokladi — The Insider.
Rezolyusiya ovoz berishda kichik farq bilan bekor qilindi. Hujjatda prezident Donald Trampga Kongress roziligisiz Venesuelaga nisbatan yangi harbiy harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash nazarda tutilgan edi.
O‘tgan hafta Senat ushbu rezolyusiyani ilgari surishni qo‘llab ovoz bergan edi. Shundan so‘ng, prezident Tramp hujjatni ma’qullagan besh nafar Respublikachi senatorni keskin tanqid qilgach ulardan ikkitasi fikrini o‘zgartirdi.
Rezolyusiyaga qarshilarning ta’kidlashicha, uni qabul qilish shart emas, chunki 3 yanvar kuni Nikolas Maduro qo‘lga olinganidan keyin Venesuyela hududida Qo‘shma Shtatlarning harbiy kontingenti yo‘q va ular harbiy operasiyalar o‘tkazmayapti. Hujjat tarafdorlari esa, AQSh bir necha oy davomida Venesuelani dengizdan to‘sib kelayotganini va Tramp ushbu mamlakatga yangi harbiy harakatlar bilan tahdid qilganini eslatgan.