3 yanvar kuni AQSh Delta Force tomonidan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga olish uchun o‘tkazilgan reyd paytida AQSh sirli "ovozli qurol"dan foydalangan. Bu haqda New York Post (NYP) xabar bermoqda.
Maduroning qo‘riqchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, operasiya mahalliy vaqt bilan soat 2:00 atrofida boshlangan. Avvaliga barcha radarlar xiralashgan, keyin o‘nlab dronlar osmonni to‘ldirgan, keyin esa taxminan sakkizta vertolyot jami 20 ga yaqin AQSh maxsus kuchlari askarlarini qo‘ndirdi.
"Bir payt ular bir narsadan foydalanishdi... Bu juda kuchli ovoz to‘lqini edi. To‘satdan boshim ichkaridan portlayotgandek his qildim. Hammamiz burnimizdan qon keta boshladik. Ba’zilarimiz qon qusayotgan edik. Biz yerga yiqildik, qimirlay olmadik", dedi guvoh.
Venesuelalik askarning so‘zlariga ko‘ra, hujum boshlanganidan keyin "bu jang emas, balki qirg‘in bo‘lgan".