Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

«Barsa» «Siti» yulduzini tekinga transfer qilishga qiziqib qoldi

«Barsa» «Siti» yulduzini tekinga transfer qilishga qiziqib qoldi

"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchini tekinga o‘z safiga qo‘shib olishni juda xohlamoqda, chunki u haligacha "shaharliklar" bilan tugayotgan shartnomasini uzaytirmagan. Joriy qishda "Barselona" Silva bilan yozgi transfer borasida kelishib olmoqchi.

31 yoshli yarim himoyachi "Manchester Siti" safida 2017 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 29 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:55 14.01.2026. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!