Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

"Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga Putin emas, Zelenskiy to‘sqinlik qilyapti"

"Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga Putin emas, Zelenskiy to‘sqinlik qilyapti"

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning Oval kabinetida Reuters agentligiga bergan eksklyuziv intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zi boshlagan va qariyb to‘rt yildan beri davom etayotgan Ukrainadagi urushni yakunlashga tayyor ekanini aytdi.

"Menimcha, Putin kelishuv tuzishga tayyor, Ukraina kelishuvga kamroq tayyor", — deya fikr bildirdi Tramp.

AQSh vositachiligida olib borilayotgan muzokaralar nega hanuz Ikkinchi jahon urushidan beri Yevropadagi eng yirik harbiy mojaroni hal eta olmaganiga oid savolga Tramp bir so‘z bilan javob berdi: "Zelenskiy". Aniqlashtiruvchi savoldan so‘ng u: "Menimcha, Zelenskiyga kelishuvga rozi bo‘lish qiyinchilik tug‘dirmoqda", — deya qo‘shimcha qildi.

Trampning bu bayonotlari Yevropadagi ittifoqchilar pozisiyasidan keskin farq qiladi. Yevropaliklarning fikricha, Moskva Ukrainadagi urushni to‘xtatishdan manfaatdor emas.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!