Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Milliy armiya uchun qo‘shimcha yollash to‘g‘risida buyruq chiqardi, deb xabar qilmoqda Ariana yangiliklar portali.
"Yakshanba kuni Kobul va barcha viloyatlarda qurolli kuchlarga qo‘shilishni istaganlar uchun ro‘yxatga olish markazlari ochildi. Xavfsizlik va shaxsni tekshirish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nomzodlarni qabul qilishga tayyor", deyiladi mudofaa vaziri Muhammad Yaqubning buyrug‘ida.
Dushanba kuni Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi ham tezkor zaxiradagi shaxslarning faol xizmatga chaqirilishini e’lon qildi.
Vazir Sirajuddin Haqqoniyning rezervchilarni Ichki ishlar vazirligining faol saflariga o‘tkazish haqidagi buyrug‘i 3 yanvar kuni Venesueladagi voqealardan so‘ng darhol chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha kuni Qo‘shma Shtatlar Venesuelada maxsus operasiya o‘tkazib, prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni o‘g‘irlab ketgan edi.
Harbiy mutaxassislarning fikricha, bu qadam Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining salohiyatini sezilarli darajada mustahkamlash va tashqi tajovuzni qaytarishga tayyorligini oshirishga qaratilgan.
Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi rahbarlari tomonidan chiqarilgan buyruqlar Oliy Rahbar Haybatulloh Axundzodaning davlat byudjeti mablag‘larini tejash uchun xavfsizlik kuchlari shaxsiy tarkibining 20 foizini, jumladan, armiya, polisiya va razvedka xodimlarini tezkor rezervga o‘tkazish to‘g‘risidagi avvalgi farmonini bekor qiladi.