AQSh mintaqadagi keskinlik kuchaygani fonida Eronga yaqin 24 soat ichida zarba berishi mumkin.
Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar bermoqda.
AQSh ehtiyot chorasi sifatida Yaqin Sharqdagi muhim harbiy bazalardan shaxsiy tarkibning bir qismini olib chiqishni boshlagan. Ikki nafar yevropalik rasmiyning aytishicha, Vashingtonning harbiy aralashuvi ehtimoli yuqori bo‘lib, zarbalar yaqin 24 soat ichida berilishi mumkin.
Isroil rasmiysi esa AQSh prezidenti Donald Tramp ehtimoliy aralashuv bo‘yicha qaror qabul qilganini, ammo operasiyaning aniq ko‘lami va vaqti hali belgilab olinmaganini ma’lum qilgan.