Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

"Barselona" 60 million yevrolik taklif oldi

"Barselona" 60 million yevrolik taklif oldi

APLning "Aston Villa" klubi qishki transfer oynasida "Barselona"ning ispaniyalik 25 yoshli forvardi Ferran Torres uchun 60 mln yevro taklif qildi. Bu haqda Fichajes nashri yozmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, taklif Kataloniya klubi ichida kelishmovchiliklarga sabab bo‘lgan, ular sport va moliyaviy ustuvorliklar o‘rtasida murosaga kelishga harakat qilmoqda. Qayd etilishicha, klubning moliyaviy ahvoli yaxshilangan, ammo hali ham ideal darajadan ancha uzoq.

Torres 2022 yilda "Manchester Siti"dan "Barselona"ga o‘tgandi. Joriy mavsumda u La Ligada 18 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 04:47. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!