Eron norozilik namoyishi ishtirokchilarini osib qatl etishni rejalashtirmayapti va bunday ssenariy hatto ko‘rib ham chiqilmaydi, dedi Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Fox News telekanaliga bergan intervyusida .
Vazirning ta’kidlashicha, bunday mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
"Osib qatl etish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bu dezinformasiya kampaniyasining bir qismi bo‘lib, uning maqsadi AQSh prezidenti Donald Trampni vaziyatga aralashishga undashdir. Bunday aralashuv esa halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin", — dedi Aroqchi.
Avvalroq, Oq uyning Oval kabinetida so‘zga chiqqan Trampning aytishicha, AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda qotilliklar to‘xtatilgan. Qatl etishlar rejalashtirilmaganini aytgan edi.