AQSh Davlat departamenti ma’lum qilishicha, cheklovlar Rossiya Mudofaa vazirligi bilan bog‘liq tuzilmalarga nisbatan Eron, Shimoliy Koreya va Suriyaga oid ommaviy qirgin qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi qonun doirasida joriy etilgan.
Sanksiyalar ro‘yxatiga:
▪️Rossiya Quruqlik qo‘shinlari;
▪️Bosh raketa-artilleriya boshqarmasi;
▪️1061-moddiy-texnik ta’minot markazi (SMTO);
▪️Rossiya Mudofaa vazirligining istiqbollilararo tadqiqotlar va maxsus loyihalar boshqarmasi;
▪️International Invest Company kompaniyasi kiritildi.
Sanksiyalar AQSh jismoniy va yuridik shaxslariga yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar va tashkilotlar bilan har qanday tovar, texnologiya yoki xizmatlarni sotib olish yoki yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzishni taqiqlaydi.
Hujjatga ko‘ra, sanksiyalar 2026 yil 24 iyuldan kuchga kirgan.
Bundan tashqari, sanksiyalar ro‘yxatiga Xitoy, Malayziya, Eron va Suriya fuqarolari ham kiritilgan.