AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Moskva bilan muzokaralarga yangicha yondashuv doirasida Ukrainadagi mojaro tugamasdan turib ham Rossiya bilan biznes kelishuvlarini tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The New York Times” gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda.
Amerikalik amaldor nashrga bergan intervyusida bunday kelishuvlar AQShning Rossiya bilan munosabatlarni qayta tiklash niyatining jiddiyligini ko‘rsatishi mumkinligini aytgan. Gazetaning qayd etishicha, bu yondashuv Trampning avvalgi pozisiyasidan farq qiladi.
Muzokaralarga yaqin bo‘lgan ikki manbaning gazetaga ma’lum qilishicha, Vashington endi mojaro tugamasdan turib ham Rossiya bilan bitimlar tuzishga ruxsat bermoqda.
Gazetaning yozishicha, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Amerika rahbarining kuyovi Jared Kushner “Rossiyani jangovar harakatlarni to‘xtatishga qiziqtirishning yangi usullarini izlamoqda”. Nashrning ta’kidlashicha, hozircha qanday bitimlar haqida gap ketayotgani haqida ma’lumot yo‘q.