Amerika razvedkasi AQSh va Isroilning respublikaga bergan zarbalariga qaramay, Eron rahbariyati qulash yoqasida emas, deb hisoblaydi.
Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib yozmoqda.
"Ko‘plab" razvedka ma’lumotlari "yakdil tahlilni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unga ko‘ra rejimga qulash xavf solmayapti" va u "Eron jamiyati ustidan nazoratni saqlab qolmoqda", — deya agentlik suhbatdoshlaridan birining so‘zlarini keltiradi.