AQSh prezidenti Donald Tramp kelgan Nyu-Jersi shtati Bedminster shahridagi golf klubi ustidan fuqarolik samolyoti cheklangan havo hududiga kirganidan so‘ng, AQSh Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari yetib keldi.
Bu haqda Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qo‘mondonligi vakillari ma’lum qildi.
Bayonotda qayd etilishicha, qiruvchi samolyotlar "Bedminster ustida vaqtinchalik cheklangan havo hududini buzgan fuqarolik samolyotini tutib olgan". Hududda avval ham shunga o‘xshash bir necha qoidabuzarliklar sodir bo‘lgan edi. Harbiylarning aniqlik kiritishicha, fuqarolik samolyoti "hududdan xavfsiz olib chiqib ketilgan".
Tramp avvalroq o‘ziga tegishli bo‘lgan yuqorida tilga olingan golf klubiga kelgan edi. Amerika rahbari 5 iyul kuni hech qanday ommaviy tadbir o‘tkazmaydi. AQSh prezidenti dam olish kunlarini tez-tez shu golf klubida o‘tkazadi.