Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh qarorini kutayotgan Isroil Eronda ikki strategik yo‘l qarshisida qoldi — NYT

AQSh qarorini kutayotgan Isroil Eronda ikki strategik yo‘l qarshisida qoldi — NYT

The New York Times tahliliga ko‘ra, Donald Tramp Eronga harbiy zarba berish masalasini kechiktirayotgan bir paytda, Isroil yadroviy tahdidga qarshi ikki xavfli yo‘ldan birini tanlashga majbur bo‘lmoqda: yoki Fo‘rduni yolg‘iz hujum qilib yo‘q qilish, yoki urushni Fo‘rdusiz to‘xtatish.

The New York Times manbalariga ko‘ra, Isroilning asosiy strategik maqsadi — Eronning Fo‘rdu yadro ob’ektlarini yo‘q qilish bo‘lib turibdi. Bu inshoot shunchalik chuqur yer ostiga joylashganki, hatto Isroilning eng kuchli aviabombalar ham uni vayron qilishda samarasiz bo‘lishi mumkin.

Isroil umid qilib kelgan amerikalik aviabombalar — dunyodagi yagona Fordudek mustahkam inshootlarni yo‘q qilishga qodir qurol — hozircha Tramp tomonidan ishlatilishiga ruxsat berilgani yo‘q. Prezident ushbu qarorni ikki haftagacha kechiktirdi, bu esa Isroilni strategik qiyin vaziyatga solib qo‘ydi.

Maqolada ta’kidlanishicha, AQSh qarorini kutar ekan, Isroil har kuni ballistik raketalarga qarshi mudofaa tizimi zaxiralarini xarj qilib, bir hududni himoya qilish uchun boshqasini xavf ostida qoldirishga majbur. Bu mudofaa imkoniyatlarining qisqarishi natijasida fuqarolik va strategik ob’ektlarga hujum qilish ehtimoli oshib borayotganini anglatadi.

Iqtisodiy jihatdan ham havo makonining yopilishi va iqtisodiy faoliyatning to‘xtashi mamlakatdagi biznes va havo qatnoviga jiddiy zarar yetkazmoqda. NYT yozishicha, urush qancha tez tugasa, iqtisodiy tiklanish shuncha tez boshlanadi.

Isroilda esa ikki yo‘l muhokama qilinmoqda. Birinchisi — AQSh yordamisiz Fo‘rduga o‘z kuchlari bilan hujum qilish. Bu xavfli va texnik jihatdan murakkab bo‘lsa-da, Binyamin Netanyahu mamlakatning «barcha yadroviy ob’ektlarga yetadigan qudrati bor»ligini aytgan. Ayrim ekspertlar maxsus kommando guruhlar orqali sabotaj amalga oshirish variantini ham ko‘rib chiqishmoqda.

Ikkinchi yo‘l — urushni Fo‘rduga zarba bermasdan yakunlash. Biroq bu holatda Eronning uran boyitish dasturi qisman saqlanib qoladi va Isroilga tahdid saqlanib qoladi. Shuning uchun, NYT ta’kidlashicha, Isroil hozircha urushni to‘xtatish niyatida emas.

Gazeta yozishicha, Isroil rahbarlari hatto Erondagi asl hokimiyat — ayatullo Ali Xomanaiyni ag‘darish yoki o‘ldirish haqida ochiq-oydin gapira boshlashgan. Garchi bu amaliy maqsad bo‘lmasa-da, Isroilning keyingi kunlarda ham hujumlarni davom ettirish niyati borligini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 18:34 21.06.2025. O'qildi: 2946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!