Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Putin bilan uchrashuvning dastlabki natijalarini ma’lum qildi

AQSh Putin bilan uchrashuvning dastlabki natijalarini ma’lum qildi

AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kushner Moskvada Vladimir Putin bilan uch soatdan ortiq davom etgan muzokaralardan so‘ng Kiyevga yo‘l oldi. Ular yakshanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.

Bu Uitkoff va Kushnerning urush boshlanganidan buyon Kiyevga ilk tashrifi bo‘ladi.

Oq uy vakiliga ko‘ra, Putin bilan uchrashuvda mojaroni hal etish bo‘yicha keyingi qadamlar mazmunli muhokama qilingan. Tomonlar yaqin haftalarda e’lon qilinishi kutilayotgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashgan.

Tramp avvalroq Uitkoff va Kushner urushni to‘xtatish bo‘yicha AQSh taklifini olib borayotganini aytgan va kelishuvga erishish uchun «yaxshi imkoniyat» borligini bildirgan.

Kiyevga yo‘l olishdan oldin amerikalik muzokarachilar Rossiya tomonining mojaroni hal etish bo‘yicha taklif va yondashuvlarini olgan. Endi ushbu pozisiyalar Zelenskiy bilan muzokaralarda muhokama qilinadi.

Tramp Uitkoff va Kushnerni «buyuk muzokarachilar» deb atagan. Biroq Putin bilan uchrashuvdan so‘ng AQSh vakillari muhokama qilingan takliflarning tafsilotlarini ochiqlamagan.

Kiritildi: 18:52 06.09.2026. O'qildi: 1492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!